Saudiyaliklar Vinisiusdan voz kechmayapti: Transfer amalga oshishi mumkinmi?

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
Madridning "Real" klubi yulduzi Vinisius Junior faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin kunlar ichida Saudiya ligasi vakillari braziliyalik vingerning agentlari bilan uchrashuv o'tkazishgan. Agar Vinisius "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa, u Saudiya klubiga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Qayd etish joizki, futbolchining o'zi hozircha muzokaralarda bevosita ishtirok etmagan.

"Real" prezidenti Florentino Peres esa jamoa yetakchisini qo'yib yubormoqchi emas. U Vinisiusning Madridda qolishini va imkon qadar tezroq yangi kelishuvga qo'l qo'yishini istamoqda. Hozirda klub va futbolchi o'rtasida muzokaralar davom etmoqda, biroq yakuniy so'z baribir Vinisiusning o'zida qoladi.

Ma'lumot uchun, Vinisius joriy mavsum La Ligada 28 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky-Sport.ch