Saraton bilan og'rigan Angliya termasi sobiq ustozi hayotdan ko'z yumdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2024, 16:39
Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson 76 yoshida vafot etdi.

Eriksson oshqozonosti bezi saratoni bilan kasallangan va yilni eng yaxshi holatda o'tkazishi kerakligini aytgandi.

Shvetsiyalik mutaxassis 2001 yilda Devid Bekxem, Stiven Jerrard, Ueyn Runi va Frenk Lempard kabi futbolchilardan iborat "oltin avlodi"ga ustozlik qilgan.

Faoliyati davomida "Benfika", "Roma", "Fiorentina", "Sampdoriya", "Lacio" kabi Yevropaning bir qator mashhur klublarida faoliyat yuritgan.

Eriksson 2006 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Angliya terma jamoasini tark etgan va keyinchalik Meksika va Kot-d'Ivuar, shuningdek, Angliyaning "Manchester Siti" va "Lester Siti" jamoalarini boshqargan.

Sog'ligi sababli u 2023 yilning fevralida Shvetsiyaning "Karlstad" klubi sport direktori lavozimidan ketgan edi.

"Hammamiz olamdan o'tadigan kunimizdan qo'rqamiz. Lekin, hayot - bu o'lim ham demakdir"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sky.com