Sanya: "Arsenal" o'zining DNKsini yo'qotdi"

Sherzod Nurmatov
23 avg 2021, 23:01
"Arsenal" va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Bakari Sanya jonli efir vaqtida London klubi haqida kuyunib gapirdi.

"Qanday qilib transferlar uchun 150 million sarflab, bitta yosh futbolchini maydonga tushirish mumkin? Bu kelajakni o'ylagan holda, yaxshi qadam bo'lishi mumkin, lekin kimdir muammolarni hozir hal qilishi kerak.

Men "Arsenal"da o'ynaganimda, hamma bizning jamoaga qo'shilishni orzu qilardi, ammo hozir ... Klub o'zining DNKsini yo'qotdi", – deya achinib gapirdi Sanya.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport