Sancho faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025
Huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan angliyalik yarim himoyachi Jeydon Sancho tez orada Turkiya chempionatining top-klublaridan biriga o'tish ehtimoli bor.

"Fotospor" ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi prezidenti Syerdar Adali yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun hamma narsani qilishi, biroq yakuniy qaror futbolchining o'ziga bog'liq bo'lishini aytdi.

Eslatib o'tamiz, matbuotda Sancho yana Dortmundning "Borussiya"siga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Jeydon Sancho o'tgan mavsum ijara asosida "Chelsi"da o'ynagandi. London klubi tarkibida Premer-ligada 31 o'yin o'tkazib, 3 ta to'p kiritgan va 4 ta golli pas uzatgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fotospor