Saloh "Liverpul" afsonalari reytingida uchinchi o'ringa ko'tarildi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
"Liverpul" UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 7-turi doirasida "Marsel" mehmoni bo'ldi (0:3).

Afrika Millatlari Kubogidan keyin jamoaga qaytgan Muhammad Saloh o'yinga tushdi va "Liverpul" safida evrokuboklardagi 88-o'yinini o'tkazdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha afsonaviy Ian Kallagan bilan tenglashib oldi.

Evrokuboklarda "qizillar" safida undan ko'proq o'yin o'tkazganlar faqatgina Jeymi Karrager (130) va Stiven Jerrard (111) hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta