OPL. "Sabah" muhim o'yinda 88-daqiqada gol urib, g'alabaga erishdi, Rahmonaliev zaxiradan o'yinga qo'shildi

Alisher Ostonov
22 fev 2026
Ozarbayjon Premer-ligasi 21-tur doirasidagi "Sabah" - "Kapaz" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev 83-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bahs taqdirini 88-daqiqada Kaxim Parrisning goli hal qildi. Shuningdek, 90+9 daqiqada mehmonlar o'yinchisi Shakir Seyidov maydondan chetlatildi.

"Sabah" chempionatda 21 o'yindan so'ng 52 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Qorabog'" 20 ta o'yinda 45 ochko to'plagan. 




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia