

Mezbonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. Xavbek 9-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bahs 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
"Sabah" 19 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda Ozarbayjon Premer-ligasida birinchi o'rinda bormoqda. Bitta kam o'yin o'tkazgan "Qorabog'" hisobida 39 ochko bor.





