Rustam Umarov: "Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021
Jahon chempionatida juda yaxshi o'yin ko'rsatgan O'zbekiston terma jamoasi kecha tunda yurtimizga qaytib keldi.

Vakillarimizni kutib olish marosimida ishtirok etgan saytimiz muxbiri terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarovning fikrlari bilan qiziqdi. 

"Musobaqada bizga yaratib berilgan sharoitlar a'lo darajada bo'ldi. Buning uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Har qanday turnirda birinchi o'yin doim qiiyn kechadi. Gvatemala bilan o'yinimiz biroz qovushmadi. Rossiya va Misr bilan o'zimiz istagandek o'ynay oldik. Maqsadimiz guruhdan chiqish edi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik",- deydi Rustam Umarov. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia