

"So'g'diyona"ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqida u o'zining instagram sahifasida ma'lum qildi. Xebay o'tgan mavsum jizzaxliklar safida 13 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
Avvalroq forvardning vodiy jamoasiga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.



