Ruben Amorim: "U MYUning kelajagi"

Mirjalol Normatov
26 dek 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim, garchi, o'yin amaliyoti kam berilayotgan bo'lsa-da, Kobbi Maynu kelajakda jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishiga ishonini aytdi.

"Kobbi bir qancha poziciyalarda o'ynadi.  U Kazemironing joyida ham o'ynay oladi. Agarda uch yarim himoyachi uslubida o'ynasak, hujumga chiqishni ham biladi. "Aston Villa"ga qarshi o'yinda u Meyson Mauntning o'rnida bo'ldi.

U MYUning kelajagi. Hissiyotlarim shunday demoqda. Shunchaki u o'z imkoniyatini kutishi kerak. Futbolda barchasi ikki kundayoq o'zgarib kyetishi ham mumkin", - dedi Amorim.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC