Roxo "Fenerbaxche"ga o'tishni rejalashtirmoqda

Alisher
19 noya 2020, 16:50
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo klubdan ketmoqchi.

Argentinalik futbolchi "Fenerbaxche" klubiga o'tmoqchi. Turkiyaliklar anchadan buyon o'yinchiga qiziqish bildirayotgan edi.

Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Markos Roxoni 5 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasida umuman maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports