Rossiyalik kiper "Budyo-Glimt"ga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 mar 2023
Golkiper Nikita Xaykin "Budyo-Glimt" jamoasiga qaytdi.

Avvalroq futbolchi erkin agent sifatida "Bristol Siti" safiga borib qo'shilgandi. Futbolchi Chempionship vakili bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomani bekor qildi. Norvegiya klubi safida rossiyalik posbon 2019 - 2022 yillar davomida harakat qilgandi. Xaykinning jamoa bilan yangi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bcfc.co.uk