YCHLda mavsumning eng yaxshi darvozaboni kim bo'lmoqda?

Mirjalol Normatov
25 fev 2026
"Bude-Glimt" darvozaboni Nikita Xaykin YCHLning ushbu mavsumini yuqori darajada o'tkazmoqda.

Rossiyalik kiper zarbalarni qaytarishda YCHL reytingida peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, eng ko'p golli vaziyatlarda jamoasini qutqargan darvozabonlar reytingida ikkinchi bo'lib turibdi.

Zarbalarni qaytarish borasida ushbu mavsumdagi eng yaxshi darvozabonlar:

1. Nikita Xaykin ("Bude-Glimt") – 56;

2. Mateush Koxalski ("Qorabog'") – 43;

3. Tibo Kurtua ("Real") – 41;

4. Xeronimo Ruli ("Marsel") – 36;

5. Indrjix Stanek ("Slaviya Praga") – 35.

Jamoasini goldan qutqarish borasida ushbu mavsumdagi eng yaxshi darvozabonlar:

1. Temirlan Anarbekov ("Qayrat") – 4,4;

2. Nikita Xaykin ("Bude-Glimt")– 4,3;

3. Yann Zommer ("Inter") – 3,3;

4. Anatoliy Trubin ("Benfika") – 2,4;

5. Yan Oblak ("Atletiko") – 2,3.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta