

"Al Nassr" kecha "Al Hilol" bilan "Riyod kubogi" doirasida o'yin o'tkazdi (0:2). O'yin davomida muxlislar Ronalduga to'p kelib tushishi bilan Lionel Messining ismini aytishdi. Mana shunday vaziyatlarning birida u tribunadagi muxlislarga qarata: "Bu yerda menman. Messi emas!" deya javob berdi.



