Ronaldu MMA-promoushen akciyadoriga aylandi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025, 15:06
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning Way of the Warrior MMA-promousheni sarmoyadori bo'ldi.

"Bizni chinakam qadriyatlar – intizom, hurmat, qatiyatlilik va doimiy ravishda mukammallikka intilish birlashtiradi.

WOW  noyob va kuchli narsani yaratmoqda. Men sportni keyingi bosqichga ko'tarish va keyingi avlodga ilhom berish uchun ushbu loyihaga qo'shilganimdan faxrlanaman", – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Way of the Warrior 2019 yilda tashkil etilgan. Promoushen asosan Madridda taxminan 30 ta turnir o'tkazgan. UFC chempioni Iliya Topuriya uning egalaridan biridir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportaran