Ronaldu Manchestyerda 4 yulduzli mehmonxona ochadi

23 avg 2020, 08:57
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu mehmonxona biznesi bilan shug'ullanadigan Pestana kompaniyasi bir necha yillardan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda.

2023 yilda Manchester shahrida CR7 Pestana nomi bilan 11 qavatli, to'rt yulduzli mehmonxona qad rostlaydi.

Shaharning eng qulay hududida qurildigan mehmonxona binosi Ronaldu va uning biznes hamkorlariga 27 million funtga tushadi. Mexmonxona loyihalari allaqachon tayyorlanib, shahar hokimligiga topshirilgan.

Mehmonxona 151 nomyerdan iborat bo'lib, undan shuningdek, sportzal, kafe va barlar o'rin oladi. 

CR7 Pestana brendi ostidagi mehmonxonalar allaqachon Lissabon, Madrid va boshqa bir qator shaharlarda faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Manchestyerda shuningdek, MYUning sobiq futbolchilari – aka-uka Nevillar, Rayan Giggz va Pol Skoulzga qarashdi Hotel Football mehmonxonasi ham 2015 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.


Manba: Daily Mail