Ronaldu "Barselona" futbolchisi bilan hazillashdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024, 17:43
Krishtianu Ronaldu Voychex Shchensnini "Barselona"ga o'tishi borasida hazil qildi.

Polshalik posbon yozda faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi. Ammo Mark Andre Ter Shtegen jiddiy jarohat olgach, Shchensni Kataloniya klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzdi.

Ronaldu va Shchensni Millatlar ligasi doirasidagi Polsha - Portugaliya (1:3) uchrashuvidan oldin gaplashishdi. Voychexning yonida o'g'li Liam ham bor edi.

Shchensni: "Men "Barselona"ga o'tdim, ammo mening o'g'lim sening katta muxlising".

Ronaldu: "Bilaman, bilaman (kuladi). Barchasi joyida? Sen baxtlimisan? G'aroyib. Katta klubga o'tish uchun faoliyatingni yakunlash kerak bo'ldi".

Eslatib o'tamiz, ikkala futbolchi birgalikda "Yuventus"da o'ynashgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport.pl