Ronaldu "Al Ittihod"ga qarshi bahsni ham o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
5 fev 2026, 23:19
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"ning yana bir o'yinini o'tkazib yuboradi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al Ittihod"ga qarshi o'tadigan ertangi bahsda ishtirok etmaydi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi haligacha Saudiya Arabistoni Suveren fondi bir qancha klublarni boshqarishidan mamnun emas. Ronalduning jarohati yo'q, kecha u jamoa bilan mashg'ulot olib borgan.

Biroq insayderning yozishicha, bugun 41 yoshga kirgan futbolchi shartnomasini bekor qilib, boshqa jamoaga o'tishiga hulosa qilmasligini so'ragan.

Oldinroq Saudiya Arabistoni Suveren fondi Ronalduning "Al Nassr" chempion bo'lishiga halaqit qilmoqda, deb hisoblayotgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano