Romanoli kovidga manfiy test topshirdi

Alisher
17 yanv 2022
"Milan" himoyachisi Alessio Romanoli koronavirusga manfiy test topshirdi.

O'yinchi ertadan jamoa ixtiyorida bo'ladi.

Italiyalik 6 yanvarda musbat test topshirdi. U kasallik sabab A Seriya doirasidagi "Roma" (3:1) va "Veneciya" (3:0), shuningdek "Jenoa"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yubordi.

Romanoli joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: acmilan.com