Romano Ronalduning "Chelsi"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar bo'yicha bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etib, jarohatini davolash uchun Ispaniyaga yo'l olgani ortidan portugaliyalik futbolchining kelajagi haqida kutilmagan taxminlar paydo bo'ldi.

Shulardan biri uning "Chelsi"ga o'tishi bilan bog'liq edi. Ammo haqiqat nimalardan iborat?

Mashhur insayder Fabricio Romano bu ma'lumot katta shov-shuvga sabab bo'lganiga qaramay, unda hech qanday haqiqat yo'qligini aytdi:

"So'nggi kunlarda ko'pchilik mendan shu mavzu haqida so'radi, balki Angliyada ham bu haqda qandaydir ishoralar chiqqan bo'lishi mumkin, lekin bu albatta mutlaqo feyk xabar. Ronaldu va "Chelsi" o'rtasida umuman hech narsa yo'q. Menimcha, hech qanday qo'shimcha tushuntirishlar ham shart emas", – dedi Romano.

Avvalroq Ronalduning jarohati jiddiy ekani, bu uning mart oyida Portugaliya terma jamoasi o'yinlarida qatnashishini so'roq ostiga qo'yayotgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano