"Roma" Veynaldum o'rniga nomzod topdi

Оқил Абдубарноев
24 avg 2022
Yarim himoyachi Denis Zakariya ushbu transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin.

"Roma" 25 yoshli futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Klub bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan Jorjino Veynaldumning jarohati tufayli markaziy chiziqqa futbolchi qidirmoqda.

Shveytsariyalik futbolchi shu yilning yanvar oyida "Yuve"ga o'tgandi, ammo klub uni qo'yib yuborishga tayyor.

"Roma" Zakariyani ijaraga olish borasida muzokaralar o'tkazmoqda. Shuningdek, rimliklarning short-listidan “Torino”dan Sasha Lukich va “Kalyari”dan Naitan Nandes ham o'rin olgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal.com