"Roma" Kristante bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023, 21:13
Tomonlar hamkorlikni davom ettirishmoqda.

"Roma" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Brayan Kristante bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Tomonlar 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi bitim tuzishdi.

Italiyalik futbolchi "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yildan buyon "Roma" safida to'p tepadi.

28 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com