"Roma" Dibala bilan xayrlashadimi?

Sherzod Nurmatov
20 dek 2024
"Roma" sport direktori Floran Gisolfi rimliklar hujumchi Paulo Dibala bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini aytdi.

"Biz Dibalaning biz uchun qanchalik muhimligini va uning "Roma"ga munosabati qandayligini bilamiz. Lekin u bizga qattiq bog'lanib qolgan bo'lsa-da, aniq bir taklif kelib tushsa, uni ko'rib chiqamiz. Biroq hozircha hech kim bu masalada aloqaga chiqmadi", – dedi funkcioner.

Dibala "Roma"ga 2022 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Hujumchi joriy mavsum jamoa tarkibida 18 o'yin o'tkazib, 2 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia