Rodrigoning "Real"dan "Manchester Siti"ga ehtimoliy o'tish tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
17 avg 2025, 11:28
Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda "Real" yarim himoyachisi Rodrigoga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Futbolchi besh yillik shartnoma imzolashi mumkin. Agar Rodrigo jamoasini o'zgartirish istagini bildirsa, madridliklar uning uchun 100 mln evrodan ko'proq mablag' ishlab olishmoqchi.

Rodrigo 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar imzolangan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira