Robbi Fauler Hindiston chempionatida ish boshladi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020
Angliya termasi va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi, ayni damda murabbiylik qilayotgan Robbi Fauler Hindiston chempionatida ish boshladi.

Qayd etilishicha, 45 yoshli mutaxassis bilan "Ist Bengal" klubi shartnoma imzolagan. Tomonlarning kelishuvi 2 yilga mo'ljallangan.

Angliyalik mutaxassis"Brisben Roar"dagi faoliyati bilan Osiyo futboli muxlislari orasida mashhur. Bunga qadar u Tailand chempionatida qatnashayotgan "Muangtong Yunayted"da ishlayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal