Risharlison uzoq muddatga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
"Tottenxem" hujumchisi Risharlison jarohati sababli deyarli ikki oyni o'tkazib yuboradi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frankning bergan ma'lumotiga ko'ra, futbolchi boldir mushaklarini jarohatlab olgan. Uning aytishicha, Risharlison 7 haftani o'tkazib yuboradi.

Forvard ushbu mavsumda APLning 21 o'yinida qatnashib, 7 gol va 3 assist qayd etdi. U jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

"Tottenxem" ushbu muddat ichida "Vest Xem", "Borussiya" D, "Bernli", "Ayntraxt", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Arsenal", "Fulxem" hamda "Kristal Pelas" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: HaytersTV