"Real"da oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025
Madridliklar hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Muxlislar 20 yoshli turkiyalik futbolchini o'tgan oyning eng samarali va faol futbolchisi deb topdi. 

Bu turkiyalik yulduzning Ispaniyadagi ilk mukofoti emas. U sentyabr yakunlariga ko'ra, La Ligada 23 yoshgacha bo'lganlar orasida oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi.

Yarim himoyachi ushbu mavsum jamoa tarkibida 13 o'yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com