"Real" Xoseluni "Espanol"dan xarid qilib, darhol sotadi

Оқил Абдубарноев
26 iyun 2024
Madridning “Real” klubi Qatar chempionatiga yo'l olishi oldidan Xoselu “Espanol”dan sotib oladi.

"Real"da ijara asosida o'ynayotgan Xoselu Qatar chempionatidan "Al Garafa"ga o'tishga yaqin ekani avvalroq xabar qilingandi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Real Madrid" forvardni Qatar klubiga o'tishini osonlashtirish uchun uni sotib olish variantini faollashtiradi. "Espanol" Xoselu uchun 1,5 million evro oladi.

Ma'lum qilinishicha, Xoselu "Al Garafa"da mavsumiga 8 million evro maosh oladi, bu uning "Real"dagi maoshidan ancha ko'p.

O'tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi "Real" safida 49 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, klub bilan Superkubogi va Ispaniya chempionati hamda Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS