

Braziliyalik ketma-ket 5 o'yinda gol urib, jamoaning asosiy figurasi ekanini yana bir bor isbotladi va maydonda hal qiluvchi ta’sirga ega ekanini tasdiqladi.
"Diario AS" ma'lumotlariga ko'ra, klub va o'yinchi agenti o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish deyarli yakunlangandek ko'rinyapti. Alvaro Arbeloa birinchi kundanoq Vinisiusga ishonch bag'ishlab, unga sezilarli ta’sir ko'rsatgan.
Shuningdek, bu mavsumda ko'p bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan braziliyalik allaqachon 13 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. U o'tgan yilgi yorqin ko'rsatkichlariga (22 ta gol va 19 ta assist) yaqinlashmoqda.



