

O'yin durang bilan yakunlanishga juda yaqin edi. Ammo, zaxiradan maydonga tushgan Xulian Alvares 90+4 daqiqada to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Argentinalik hujumchi bunga qadar La Ligadagi 14 ta o'yindan beri gol ura olmayotgan edi.
"Atletiko" La Ligada 26 o'yindan so'ng 51 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, undan keyingi o'rinni shuncha ochko bilan "Vilyarreal" egallab turibdi. "Real Ovedo" esa 17 ochko bilan so'nggi o'rinni band etib turibdi.





