YCHL. "Atletiko" "Tottenxem"ni, "Bavariya" "Atalanta"ni yirik hisobda mag'lub etgan holda keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilishdi

Alisher Ostonov
11 mar 2026
YCHL 1/8 final doirasidagi "Atletiko" - "Tottenxem" va "Atalanta" - "Bavariya" o'yinlari bo'lib o'tdi.

Madrid klubi londonliklarni 5:2 hisobida mag'lub etishdi. “Atletiko” safida gollarga Markos Lorente, Antuan Grizmann, Xulian Alvares (dubl) va Robin Le Norman mualliflik qildi, “Tottenxem”dan esa Pedro Porro va Dominik Solanke o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Javob o'yini 18 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi.


11 mar 2026, 01:00
Atlético Madrid — Tottenham Hotspur
5 – 2
Tugadi



“Bavariya” esa Bergamoda “Atalanta” darvozasiga 6 ta to'p kiritdi. Mehmonlar safida gollarga Yosip Stanishich, Maykl Olise (dubl), Serj Gnabri, Nikolas Jekson va Jamal Musiala mualliflik qildi, italiyaliklardan esa Mario Pashalich o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.


11 mar 2026, 01:00
Atalanta — FC Bayern München
1 – 6
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar