"Real" "Liverpul” yulduzini kuzatishda davom etmoqda

Alisher Ostonov
9 mar 2026
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister hamon "Real"ning e'tiborida bo'lib turibdi.

Bu haqda insayder Ekrem Konur yozmoqda.

"Qizillar" futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. Angliya grandi Makallister bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.

Yarim himoyachi 2023 yilda "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Transfer summasi 42 mln evroni tashkil etgan (Transfermarkt ma'lumotlari). Joriy mavsum Aleksis Makallister 41 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur