

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi londonliklarga 33 yoshli futbolchi uchun 10 million evro taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Sezar Aspilikueta o'z jamoasini kuchaytiradi deb hisoblamoqda.
Sezar Aspilikueta o'n yildan ortiq vaqtdan beri "Chelsi"da o'ynab kelmoqda, himoyachi 2012 yilning avgust oyida "Marsel"dan transfer qilingandi. O'tgan yozda Aspilikueta "Barselona"ga o'tishi mumkin edi. Biroq Sezar shartnomani uzaytirib, "Chelsi"da qolishga qaror qildi.



