"Real" afsonalari "Barselona" yulduzlarini mag'lub etdi

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2026
Kosta-Rikada Madridning "Real" hamda Kataloniyaning "Barselona" klublari afsonalari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Maydonga Ronaldinyo, Iker Kasilyas, Karles Puyol kabi o'z davrining mashhur yulduzlari tushishdi. Uchrashuvda "Qirollik klubi" afsonalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida yarim himoyachi Antonio Nunes "Real"ni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o'tib, yarim himoyachi Guti "qaymoqranglar" ustunligini yanada mustahkamladi.

"Real" tarkibi: Kasilyas, Pepe, Fernando Sans, Raul Bravo, Ivan Kampo, Makelele, Guti, De la Red, Nunes, Kongo, Balboa.

"Barselona" tarkibi: Bayya, Montoyya, Puyol, Valente, Navarro, Mendeta, Krosas, Koku, Jyuli, Rivaldo, Ronaldinyo.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: fcbarcelona.com