

Ushbu yoshdagi terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz bu o'yinning har bir detaliga bor e'tiborni qaratganmiz. Bu o'yinda taktika, tartib-intizom, hammasi muhim hisoblanadi hamda shunga ko'ra reja ishlab chiqqanmiz. Safimizda jarohat olganlar bor va bu o'z navbatida tarkibni aniqlab olishda muammo bo'lishi mumkin. Koreyani o'rganib chiqdik, raqib taktik tomonlama yaxshi harakat qiladi. Livanga qarshi ular juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi", – dedi Haydarov.
"Bu juda muhim to'qnashuv. O'ylaymanki, bu avvalgi bahslarga qaraganda ancha qiziq kechadi. To'g'risini aytsam, bizni g'alabadan ko'ra guruhdan chiqish ko'proq o'ylantiryapti. Lekin g'alaba uchun bor imkoniyatni ishga solamiz", – dedi Koreya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Li Min Sung.



