Rasman: "Yuventus" Pirloning iste'fosini e'lon qildi

Alisher
28 may 2021, 15:20
"Yuventus" Andrea Pirloning bosh murabbiylikdan iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

"Maestroga jasorat, maqsadga sodiqlik, har kuni ko'rsatilgan ehtiros uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Yurakdan Andreaga kelajakda barcha ajoyib narsalarni tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

42 yoshli mutaxassis Turin klubini 2020/21 yilgi mavsum boshidan beri boshqarayotgandi. "Yuve" u bilan Kubok va Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi va A Seriyada 4-o'rinni egalladi.

Pirloning o'rniga Allegrining kelishi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com