Rasman: Shomurodovning raqobatchisi "Roma"dan ketdi
Mirjalol Normatov
31 avg 2024
"Milan" matbuot xizmati Temmi Abraxamning transferini e'lon qildi.
Futbolchi "Milan"da bir yil davomida ijara asosida o'ynaydi. Oldinroq "Roma" hujum chizig'ida Eldor Shomurodov hamda Artyom Dovbik qolishi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Aleksis Salemakers "Milan"dan "Roma"ga ijara asosida o'tdi.