Rasman: “Roma” forvardini A Seriyaning boshqa klubiga sotdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2022
“Roma” hujumchisi Feliks Afena-Gyan faoliyatini “Kremoneze”da davom ettiradi.

Rimliklar 19 yoshli futbolchining transferidan 7 mln evro ishlab oldi. Ganalik 2021 yildan beri "bo'rilar” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Forvard “Roma” asosiy jamoasida 22 bahsda qatnashib, 2 ta gol urishga erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: uscremonese.it