

Klub matbuot xizmati futbolchi bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirilganligini ma'lum qildi.
"Jamoamizning eng muhim figuralaridan biri Oybek Bozorov ham shartnomasini uzaytirdi!
Yangi mavsumda yangi maqsadlar sari dadil odimlayotgan jamoamizning bir bo'lagi sifatida ishtirok etishiga tilakdoshmiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" bunga qadar Akmal Mozgovoy, Abduvohid Ne'matov, Sherzod Nasrullaev, Javohir Siddiqov hamda Shuhrat Muhammadiev kabi futbolchilar bilan ham shartnomalar uzaytirilganligini e'lon qilgandi.



