Rasman: Ole-Gunnar Sulsher Turkiya chempionatida ish boshladi!

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Beshiktosh" boshqaruvini qo'liga oldi.

Shartnoma 2026 yil yozigacha mo'ljallandi. Yaqin vaqtlar ichida shartnomadagi boshqa ma'lumotlar ham oshkor qilinadi.

Sulsher 2021 yilda "Manchester Yunayted"dan ketganidan beri ishsiz bo'lib turgandi. Ayni damda "Beshiktosh" Turkiya chempionatida peshqadam "Galatasaroy"dan 20 ochko ortda qolgan holda 6-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, mankunianliklarning sobiq ustozi Joze Mourinyu ayni damda "Fenerbaxche"ni boshqarmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/besiktas/