Rasman: MYU himoyachisi “Boka Xuniors”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2021, 19:35
“Qizil iblislar” a'zosi Markos Roxo “Boka Xuniors” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.

30 yoshli futbolchi bugun Argentina klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Roxo 2014 yil avgustidan buyon MYU sharafini himoya qilayotgandi. U jamoa libosida 122 bahsda maydonga tushib, 2+4 natija ko'rsatgan.

Avvalroq, argentinalik himoyachi “Estudiantes”da ijara asosida o'ynagan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BocaJrsOficial