Rasman: "Metallurg" Mo'minjonov bilan 3 yillik shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2026
Bu haqda PFL matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yangi mavsumdan e'tiboran Pro ligada ishtirok etadigan Bekobodning "Metallurg" klubi Ilhom Mo'minjonovni bosh murabbiy etib tayinladi. 

Qayd etilishicha, 47 yoshli mutaxassis bekobodliklar bilan 3 yillik bitim imzolagan. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2028 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. 

Eslatib o'tamiz, "Metallurg" Pro liga ilk turida "Yaypan" mehmoni bo'ladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz