Rasman: "Manchester Siti" 40 mln. evroga himoyachi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2025
Rayan Ait-Nuri "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi.

"Shaharliklar" himoyachi transferi va u bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangani haqida e'lon qildi.

Xabarlarga ko'ra, "Vulverxempton" 24 yoshli futbolchi uchun 40 million evro oladi.

Ait-Nuri APLda 2020/21 mavsumdan beri o'ynaydi. Uning hisobida ligada 135 ta o'yin va 11 ta golli uzatma bor (oxirgi mavsumda – 7 ta).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com