Rasman: “Lion” himoyachisi “Fulxem”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2020, 21:40
“Sherlar” a'zosi Kenni Tete “Fulxem”ning yangi futbolchisiga aylandi.

Tomonlar 4 yillik kelishuvga erishdi.

“Fulxem” Tetening transferiga 3,2 mln evro sarfladi. “Lion” niderlandiyalik futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz mablagga ham ega bo'lishi bitimda ko'rsatilgan.

Avvalroq, londonliklar PSJ kiperi Alfons Areola o'z safiga qo'shib olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FulhamFC