Rasman: Kanselu "Barselona"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026
Joau Kanselu ijara shartlari asosida "Al Hilol"dan "Barselona"ga o'tdi.

Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Portugaliyalik himoyachi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha "ko'k-anorranglilar" safida 2-raqam ostida harakat qiladi.

31 yoshli Joau Kanselu professional faoliyati davomida "Benfika", "Valensiya", "Inter", "Yuventus", "Manchester Siti" va "Bavariya" kabi jamoalarda to'p tepgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga o'tishidan oldin 2023-2024 yillar oralig'ida ham "Barselona" sharafini himoya qilgan.

Ayni paytda "Barselona" Ispaniya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi "Real"dan 4 ochkolik ustunlikka ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com