Rasman: Frenk Lempard - "Chelsi" bosh murabbiyi

Alisher
4 iyul 2019
Nihoyat, "Chelsi" bosh murabbiyligiga klub afsonasi Frenk Lempard keldi.

Londonning "Chelsi" klubi Frenk Lempardni rasman jamoa bosh murabbiyi deb e'lon qildi. Tomonlar 3 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Lempard 2018 yil may oyidan beri "Derbi Kaunti"ni boshqarib kelayotgan edi.

Angliya terma jamoasining sobiq a'zosi futbolchilik faoliyatining katta qismini, yani 2001 yildan 2014 yilga qadar "Chelsi" safida to'p tepgan. Lempard bu vaqt davomida 648ta o'yin o'tkazib, 211ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC