Rasman: Eron terma jamoasi hujumchisi "Olimpiakos"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025, 16:50
"Olimpiakos" Milanning "Inter" klubidan eronlik hujumchi Mehdi Taremi transferini e'lon qildi.

Shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfer narxi – 2 million evro.

Taremi "Portu"dan kelganidan keyin "Inter"da bir mavsum o'tkazdi. Eronlik futbolchi Milan klubi safida 43 o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: olympiacos.org