Rasman: Bobir Abdixoliqov - "Sumqayit" o'yinchisi

Administrator
19 fev 2025
O'tgan mavsum "Nasaf" safida O'zbekiston chempioni bo'lgan hujumchi Bobir Abdixoliqov Ozarbayjonning "Sumqayit" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar tarqatdi. Klub o'zbekistonlik hujumchi bilan bir yilga uzaytirish sharti bilan mavsum so'nggiga qadar bitim tuzdi.

27 yoshli hujumchi yangi jamoasidan 9-raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Sumqayit"da yana bir o'zbekistonlik o'yinchi, Jasur Jaloliddinov ham to'p tepadi.



AdministratorMuallif
Manba: instagram.com/sumqayitfc_official