Rasman: Alli faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022
“Everton” vingeri Dele Alli “Beshiktosh”ga o'tdi.

Klub futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Avvalroq, “Everton” ustozi Frenk Lempard Angliya liga kubogida “Flitvud” ustidan qozonilgan (1:0) g'alabadan keyin Allining transferini tasdiqlagandi.

Ingliz o'yinchisi 2022 yil qishida “Tottenxem”dan mersisaydliklar safiga kelib qo'shilgan. U jamoa libosida 13 bahsda qatnashib, birorta samarali natijani qayd etolmadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Besiktas