Raneri faoliyatini yakunlamoqchi emas, u terma jamoada ishlamoqchi

Оқил Абдубарноев
24 may 2024
"Kalyari" bosh murabbiyi Klaudio Raneri murabbiylik faoliyatini yakunlash niyatida emas.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, u nafaqaga chiqqani yo'q, balki klubdagi faoliyatini yakunlagan. Agar terma jamoadan takliflar bo'lsa, 72 yoshli murabbiy ko'rib chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Ranerining so'nggi jamoasi o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to'p tepadigan Italiyaning "Kalyari" jamoasi edi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Italia